Sen bilgan yagona uyingdan ayrilsang, nima qilarding?
Yaponlarning Perl-Xarborga hujumidan so‘ng ko‘p o‘tmay o‘n to‘rtta yapon-amerikalik o‘smirning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi. Gazetalardagi maqolalar. Dushmanona qarashlar. Komendantlik soati. Ko‘chirish. Lagerlarga jo‘natish. Mamlakat tashqarisida Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan bir paytda, o‘z davlatlari ularni tikanli simlar ortiga uloqtirib yuborgan bo‘lsa, o‘zlarini erkin fuqaro deb hisoblash mumkinmi, degan savol ularni o‘ylantirib qo‘yadi.
Ularni yomon ko‘rishga ahd qilgan dunyoda ularga faqat bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash qoladi, xolos.

