O‘zbekiston – allomalar yurti. Biz shu o‘rinda bu muqaddas zaminda unib-o‘sgan, yashagan, ijod qilgan, qalam tebratgan, mudarris bo‘lgan, shogird chiqargan, kelajak avlodga o‘zlaridan o‘lmas meros, o‘chmas xotiralar qoldirgan 900 nafarga yaqin millat darg‘alarining sharafli nomlarini Alloh bergan ilhomni ishga solib, nazmiy uslubda tilga oldik. Ayni paytda ularning aksari bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qilgan bo‘lsalar, ayrimlar hayot, oramizda, yon-atrofimizda.

