Ushbu kitob O‘zbekistonning eng zamonaviy tarixi haqida fikr yuritadi. Unda O‘zbekiston davlatchiligi va jamiyatining eng katta muammolari, ijtimoiy tafakkurdagi o‘ziga xosliklar, eng muhim g‘oyalar talqini va ular o‘rtasidagi shiddatli kurashlar haqida gap boradi. Kitobda O‘zbekiston davlatchiligi, xalqining taqdiri uchun o‘ta muhim bo‘lgan ko‘plab savollarga javob izlanadi. Jumladan:
Muallif ushbu va boshqa ko‘plab savollarga javob izlar ekan, siz aziz o‘quvchilar bilan yaqin o‘tmishga birga sayohat qilishga, O‘zbekistonning yaqin istiqboliga birgalikda qarashga taklif qiladi. Jumladan, kitobda shaxslarning, shaxsiyatlarning roli haqida batafsil so‘z boradi, ularning boshqaruv orqali millionlab, o‘n millionlab insonlarning taqdiriga ta’siri, buyuk burilishlar va o‘zgarishlar haqida mulohazalar bildiriladi. O‘zbekiston xalqi va davlatchiligi taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir inson uchun ushbu kitobda foydali g‘oyalar, fikrlar va maslahatlar mavjud.

