Erkaklar uchun premium kombinatsiyalangan kardigan
Ushbu yengil kardigan zamonaviy va qulay uslubni xush ko'ruvchilar uchun ideal tanlovdir. Suv va shamol o'tkazmaydigan plashovka hamda yumshoq, fakturali teksturaga ega matoning uyg'unligi mahsulotga alohida uslub va amaliylik bag'ishlaydi.
Asosiy afzalliklari:
- Kombinatsiyalangan dizayn: Old qismi shamoldan ximoya qiluvchi plashovka matosidan ishlangan, yenglari va orqa qismi esa harakatlanishda to'liq erkinlik hamda qulaylik beradi.
- Ikki taraflama zamok (двухсторонняя молния): Sifatli metall zamokni ham yuqoridan, ham pastdan ochish mumkin. Bu, ayniqsa, avtomobil boshqarganda juda qulay.
- Muvaffaqiyatli bichim: Elastik yoqa, yeng manjetlari va etak qismi qomatga ideal o'tiradi va salqin havodan qulay himoya qiladi.
- Xavfsiz yon cho'ntaklar: Zamokli yon cho'ntaklar telefon, kalit va boshqa muhim buyumlaringizni xavfsiz saqlashni ta'minlaydi.
Xususiyatlari:
- Mavsum: Bahor / Kuz / Salqin yoz
- Uslub: Casual (kunlik), sport-shik, klassik
- Tarkibi: Plashovka matosi, premium poliester
💡 Uslub bo'yicha maslahat: Djinzi va oddiy futbolka bilan ham, klassik shim va ko'ylak bilan ham birdek mukammal mos keladi. Avtomobil ishqibozlari va qulaylikni qadrlovchilar uchun ajoyib tanlov!