⚠️ MUHIM! Futbolkani toʻgʻri yuvish va parvarish qilish tartibi:
Futbolka maxsus Vintage Washed (retro effekt) uslubida tayyorlangani va 100% paxta boʻlgani sababli, uning sifati hamda printi uzoq vaqt ideal holatda saqlanishi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:
- Teskari oʻgirib yuving: Yuvishdan oldin futbolkani albatta teskari (ichki tarafiga) oʻgiring. Bu printni va matoning tashqi yuzasini himoya qiladi.
- Past harorat: Suv harorati 30°C dan baland boʻlmasligi shart. Issiq suv matoni kirishtirishi (kichraytirishi) yoki rangiga zarar yetkazishi mumkin.
- Nozik yuvish tartibi: Kir yuvish mashinasida "Nozik yuvish" (Деликатная стирка) yoki "Paxta 30°C" tartibini tanlang. Aylanishlar soni (отжим) maksimal 600–800 boʻlsin.
- Yuvish vositasi: Tarkibida oqartiruvchi (bleach/хлор) boʻlmagan, rangli kiyimlar uchun moʻljallangan suyuq kukun (gel) ishlatish tavsiya etiladi. Oddiy qattiq kukunlar qora matoda oq dogʻlar qoldirishi mumkin.
- Dazmollash: Futbolkani faqat teskari oʻgirilgan holatda (ichki tomondan) oʻrtacha olovda dazmollang. Issiq dazmolni toʻgʻridan-toʻgʻri anime print ustiga bosish taqiqlanadi!