Tiziana Terenzi Kirke atir
• Tanada: 12-24 soat
• Kiyimda: 24-48 soat
• Unisex
Tiziana Terenzi Kirke — bu o‘ziga xos xarakterga ega, kuchli va unutilmas taassurot qoldiradigan premium toifadagi atirlardan biri. U ilk purkashdayoq yorqin va shirali mevali akkordlar bilan ochiladi. Passion fruit, shaftoli, nok, malina va qora smorodinaning uyg‘unligi juda jozibali, ekzotik va mazali hissiyot beradi. Bu ochilish ko‘pchilikni darhol o‘ziga tortadi va atirni esda qolarli qiladi.
Kirke’ning yurak notalarida nozik, ammo chuqur gulsi va yashil ohanglar seziladi. Vodiy nilufari kabi nafis elementlar atirga yengillik va balans qo‘shadi. Aynan shu bosqichda uning mevali shirinligi yanada silliq va nafis tusga kiradi. Bu esa uni oddiy shirin atirlardan ajratib turadi.
Bazaviy notalarda esa oq mushk, sandal daraxti, vanil va patchouli o‘zining iliq, kremli va uzoq saqlanadigan izini qoldiradi. Aynan shu baza Kirke’ga kuchli sillage (tarqalish) va yuqori стойкость beradi. Teri ustida 8–12 soatgacha, kiyimda esa undan ham uzoqroq saqlanib qolishi mumkin.
Bu atir ayollar va erkaklar uchun mos bo‘lgan uniseks kompozitsiyaga ega. Ayniqsa, o‘ziga ishongan, e’tibor markazida bo‘lishni xohlaydigan insonlar uchun juda mos. Kechki uchrashuvlar, maxsus tadbirlar, restoranga borish yoki romantik kechalar uchun ideal tanlov bo‘la oladi. Sovuq havoda yanada chiroyli ochiladi, lekin yozgi kechalarda ham juda jozibador eshitiladi.

