IzohMen "Uzum" mahsulotlarining hech biriga salbiy sharh qoldirmaganman, negaki shu paytgacha ulardan qoniqqanman. Ammo bu koʻzoynakni umuman tavsiya qilmayman, 1 ta yulduz ham koʻp, iloji boʻlsa, qaytarib beraman.
Sabablari: 1. Sotuvchi xaridor uchun muayyan oʻlchamlarni taqdim etmayapti, men olgan razmer men uchun mos emas, u juda kichkina. 2. Koʻzoynakni taqqan paytingiz oʻzingizni qulay his qilmaysiz. 3. Koʻzoynak burun usti va quloq orqasida noqulaylik hissi, dastak va burun usti yostiqchalarida botish hamda u keltirgan ogʻriqni his etasiz, garchi uni bir necha marta sozlasangiz ham.
4. Xaridor reklamani notoʻgʻri bermoqda, hech bir koʻzoynak kompyuter nuridan 100 % himoyani taʼminlay olmaydi. 5. Odatda koʻzoynaklar yengil boʻlsa, uni taqib kompyuterda uzoq ishlash ishlash imkoni yuzaga keladi, ammo mazkur mahsulot bu talabga ham javob bermaydi...