Ushbu polo futbolka sodda, ammo juda did bilan ishlangan dizayni orqali har qanday erkakka zamonaviy va tartibli ko‘rinish beradi. Tanaga yoqimli, yengil va nafas oluvchi matosi kun davomida maksimal qulaylikni ta’minlaydi — terlatmaydi, siqmaydi va erkin harakat qilish imkonini beradi.
Yoqasining minimalistik uslubi va sifatli tikuv ishlari mahsulotga alohida joziba bag‘ishlaydi. Fasoni tanaga chiroyli tushadi va qomatni yanada tartibli ko‘rsatadi. Kundalik kiyim sifatida ham, yarim rasmiy uchrashuvlar uchun ham bemalol mos keladi.
Bu polo futbolka shim, jinsi yoki shortilar bilan oson kombinatsiya qilinadi — siz har doim zamonaviy va ishonchli ko‘rinasiz.
Choklari juda ham tekis va chiroyli tikilgan knopkalari mustahkam qotirilgan. Ikki yon tomonida atrezchalari bor atrezchalari zakripka qilingan.
Agar o‘lcham sizga mos kelmasa yoki qaytarish uchun boshqa sabab bo‘lsa, iltimos, mahsulot qadoqidagi QR-kodni yo‘qotmang!

