Erkaklar uchun zamonaviy, yengil va qulay sport kostyumi kundalik kiyish, sayr, safar va faol dam olish uchun mos. Model zamonaviy dizayn va erkin harakatlanishga qulay bichimda tayyorlangan. Komplekt sportivka va shimdan iborat bo‘lib, bir-biriga uyg‘un tarzda ishlab chiqilgan.
Sportivka old qismi zamok bilan to‘liq yopiladi. Dizayndagi kontrast va yorug‘lik qaytaruvchi dekorativ detallar modelga zamonaviy sport uslubini beradi. Old qismida brend logotipi joylashtirilgan.
Sportivkada jami 3 ta cho‘ntak mavjud:
Shim qulay va zamonaviy bichimda tayyorlangan. Bel qismi elastik bo‘lib, kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Shimda 2 ta yon cho‘ntak mavjud. Oyoq qismi to‘g‘ri bichimli bo‘lib, sport oyoq kiyimlari bilan chiroyli uyg‘unlashadi.
Mavjud ranglar: qora, oq, ko‘k (siniy) va bordo.
O‘lchamlar: M, L, XL, 2XL, 3XL.
Kostyum futbolka, polo va boshqa bazaviy kiyimlar bilan oson kombinatsiya qilinadi. Bahor, yozning salqin kunlari va kuz mavsumida kiyish uchun qulay. Sport uslubi bilan birga kundalik casual obraz yaratishni xohlaydigan erkaklar uchun yaxshi tanlov.

