Soat mexanizmi avtomatik bo‘lib, qo‘l harakati orqali ishlaydi va qo‘shimcha batareyaga ehtiyoj sezmaydi. Korpus hamda braslet yuqori sifatli zanglamas po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, mustahkamligi va uzoq xizmat qilishi bilan ajralib turadi.
Siferblat skeleton dizaynda ishlangan bo‘lib, soatning ichki mexanizmlari ochiq holda ko‘rinib turadi, bu esa unga zamonaviy va nafis ko‘rinish bag‘ishlaydi. Soat oynasi yuqori haroratda qizdirilgan crystal (zakalennoye shisha) dan tayyorlangan bo‘lib, tirnalishlarga va zarbalarga nisbatan chidamli.
Soatning orqa qismi open case back (ochiq orqa qopqoq) dizaynida bo‘lib, ichki mexanizm va mexanizmni harakatga keltiruvchi detallarning ishlash jarayonini kuzatish imkonini beradi. Ushbu soat nafis dizayn va ishonchli mexanizmni qadrlaydiganlar uchun ideal tanlov hisoblanadi.

