• Yuqori nota: greypfrut — juda yorqin va sitrusli ochilish beradi O‘rta nota: zanjabil va ambrette — ozgina achchiq va iliq effekt qo‘shadi Pastki nota: ambroksan, mushk, vetiver, patchouli
Umumiy opisaniya
Bvlgari Tygar — bu erkaklar uchun mo‘ljallangan premium niche segmentga yaqin hashamatli parfum bo‘lib, 2016-yilda chiqarilgan. U yangi, toza va energiyaga boy hid sifatida tanilgan. Asosan yoz va bahor fasliga mos keladi, kundalik yoki ofis uchun ham juda qulay. Parfum minimalist, lekin juda sifatli kompozitsiyaga ega bo‘lib, kam notalar bilan ham boy va esda qoladigan hid beradi.
Brandi va mamlakati
Brend — Bvlgari, Italiyaga tegishli mashhur lyuks kompaniya. Parfum ham Italiya ishlab chiqarishiga mansub bo‘lib, Le Gemme kolleksiyasiga kiradi, bu kolleksiya qimmatbaho toshlardan ilhomlangan.
Notalari (hid tarkibi)
Yuqori nota: greypfrut — juda yorqin va sitrusli ochilish beradi
O‘rta nota: zanjabil va ambrette — ozgina achchiq va iliq effekt qo‘shadi
Pastki nota: ambroksan, mushk, vetiver, patchouli — chuqurlik, yog‘ochsimon va uzoq turadigan shleyf beradi
Xarakteri (hid yo‘nalishi va hissiyoti)
Bu parfum sitrus, yog‘ochsimon va mushkli yo‘nalishda. Juda toza, fresh, zamonaviy va biroz sovuqroq xarakterga ega. Erkaklarga jiddiy, o‘ziga ishongan va zamonaviy obraz beradi. Hid juda universal — ham yoshlar, ham kattalar uchun mos.
Qanday holatlar uchun mos
Ko‘proq kunduzgi foydalanish uchun, ofis, uchrashuv yoki oddiy yurishlarda yaxshi ishlaydi. Issiq havoda ayniqsa yaxshi ochiladi, chunki sitrus notalari sovituvchi effekt beradi.

