Kundalik obraz uchun zamonaviy va qulay erkaklar sport kostyumi. Bir-biriga mos kapyushonli kofta va shimdan iborat dvoyka alohida kiyim tanlashga vaqt sarflamasdan tartibli va zamonaviy obraz yaratishga yordam beradi.
Matoning vertikal mayda teksturasi kostyumga oddiy sport kiyimidan ko‘ra yanada saranjom va qimmat ko‘rinish beradi. Model sport uslubini kundalik casual dizayn bilan birlashtiradi, shu sabab uni sayrda, safarda, shaharda va kundalik yumushlarda bemalol kiyish mumkin.
Kapyushonli kofta old tomondan to‘liq fermuar bilan ochiladi. Bu kiyib-yechishni osonlashtiradi va ob-havoga qarab koftani ochiq yoki yopiq holda kiyish imkonini beradi.
Koftadagi yon cho‘ntaklar kundalik foydalanish uchun qulay. Telefon, kalit va mayda buyumlarni joylashtirish mumkin.
Shimning beli elastik va bog‘ichli bo‘lib, o‘tirishini o‘zingizga moslashtirishga yordam beradi. To‘g‘ri va erkin bichim kundalik harakat vaqtida qulaylik beradi.
Kostyumni futbolka, polo, sviter, krossovka va boshqa kundalik kiyimlar bilan oson kombinatsiya qilish mumkin.

