Erkaklar poyabzali oʻlchami RUS: 44 •
Rang: Oq
AfzalliklariKirasopka manga yoqmadi kirasopka man uylaganimdan ham yomon chiqdi zeylar juda ham sarg’ay yotipdi.
KamchiliklariOdamlarni bunaqa aldamash kerakda kirasopkani keyib bo’lmaydi man bu kirasopkani bir ko’rganimda juda churoylik deb o’ylab zakaz berudim liken kirasopkani zeylari juda ham sarg’ay yotipdi.
IzohOdamlarga bunaqa kirasopka olishni tapsiya bermayman birinchi marta uzum marketdan oludim juda ham yomon chiqdi.
Sotuvchining javobi
Hurmatli xaridor! Fikringiz uchun rahmat.
Avvalo, mahsulotning bunday holatda yetib borganidan afsusdamiz. Biroq do‘konimiz xaridorlarga ataylab ishlatilgan yoki sifatsiz mahsulot yuborishi haqidagi ayblovingizga qo‘shilmaymiz.
Mazkur mahsulot Uzum Market omboridan jo‘natilgan bo‘lib, saqlash, buyurtmaga tayyorlash va yetkazish jarayonlari marketplace tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulot avval boshqa xaridor tomonidan qaytarilgan va qayta sotuvga chiqarilgan bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilmaymiz. Ammo vaziyatning asl sababini tekshiruvsiz aniqlab bo‘lmaydi.
Shuningdek, xaridor mahsulotni qabul qilish vaqtida uning holatini tekshirish va muammo aniqlansa, belgilangan tartibda qaytarish imkoniyatiga ega. Agar mahsulot sizni birinchi ko‘rishdayoq qoniqtirmagan bo‘lsa, nega ushbu imkoniyatdan foydalanmaganingiz biz uchun tushunarsiz.
Biz har bir xaridorning fikrini hurmat qilamiz, ammo do‘konimizni odamlarni aldashda ayblash uchun aniq asos bo‘lishi kerak. Masalaga xolis va adolatli yondashishingizni so‘raymiz.