Xushbo'y hid bergamot va mandarinning tetiklashtiruvchi, achchiq-shirin notalari bilan ochiladi. Ular qora murchning ziravorli ohangi bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos xarakter yaratadi. Yasmin va nerolidan iborat yurak notalari nafis va olijanob tarzda namoyon bo‘lib, erkaklar uchun yaratilgan Giordani Gold iforlarining ajralmas belgisi bo‘lgan ko‘p qirrali vetiverning tutunli ohangini mukammal to‘ldiradi.
Moris Russel – parfyumeriya tarixidagi eng mashhur iforlarning yaratuvchilaridan biri. U o‘z davrining eng iste'dodli bosh parfyumerlaridan biri sifatida tanilgan. Doimo izlanuvchan, ochiq fikrli va mayda tafsilotlarga e'tiborli bo‘lgan Moris haqiqiy san'atkor hisoblanadi. U ilhomni insonlar bilan muloqot qilish va ularning xarakterini o‘rganishdan oladi.
Giordani Gold Man iforini yaratishda u shunday degan:

