Erkaklar uchun DIESEL “Only The Brave Tattoo” xushbo'ylangan suvi, 125 ml
Only the Brave Tattoo — dadil burbon qalampiri sirli tamaki bilan uyg‘unlashib, issiq va o‘ziga tortuvchi kontrast yaratadigan tualet suvi. Bu shunchaki atir emas — bu siz bilan umr bo‘yi qoladigan xushbo‘y “tatuirovka”!
Diesel’ning Only the Brave kolleksiyasi erkak kuchi va qat’iyat ramzi hisoblanadi. Tattoo versiyasi tatuirovka falsafasidan ilhomlangan — bu ongli ravishda tanlanadigan va faxr bilan olib yuriladigan o‘zini ifoda etish usuli.
Yuqori notalar: “Granny Smith” olmasining shirali notalari (yangilik va energiyali boshlanish beradi).
Yurak notalari: Burbon qalampiri va shalfey (ziravorli, erkakona aura yaratadi).
Asosiy notalar: Tamaki, benzoin va paçuli (chuqur, iliq va juda uzoq saqlanuvchi shleyf beradi).
Flakon dizayni:
Musht shaklidagi afsonaviy flakon chuqur qora rangda bo‘lib, undagi oq Diesel logotipi ko‘rinishidagi “tatuirovka” aromatning isyonkor ruhini ta’kidlaydi.
Kimlar uchun mos?
Xarakterli sharqona-ziravorli aromatlarni yoqtiradigan erkaklar uchun. Iliqligi va intensivligi sabab kechki chiqishlar yoki sovuq fasllar uchun ayni muddao.
Qo‘llash usuli:

