Bleu ("Blyu") — zamon bilan hamnafas yuradigan, moda va premium parfyumeriya olamidagi yangiliklarni kuzatib boradigan erkaklar uchun yaratilgan ifor. Ushbu atir 2010-yil yozida taqdim etilgan.
Aromat tetiklantiruvchi, hayajonli, sirli va dinamik xarakterga ega bo‘lib, to‘laqonli hayot kechiradigan erkaklar uchun juda mos.
Parfyum kompozitsiyasi quyidagi notalardan iborat:
labdanum, muskat yong‘og‘i, sandal daraxti, pachuli, yasemin, ladan, yalpiz, vetiver, greypfrut, kedr va pushti daraxt.

