Unleashed Cut-Offs modeli. Ko‘krak qismidagi eskirtirilgan print kiyimga qo‘pol uslub bag‘ishlaydi. Yengsiz bichim va ishlov berilmagan yelka qismi agressiv ko‘rinish va yaxshi havo aylanishini ta’minlaydi. Eskirgan effekt esa kiyimga vintage uslubini beradi. Yengil va qulay ushbu model mashg‘ulotlar hamda kundalik kiyish uchun juda mos keladi.
Yeng o'yiqlari va pastki qismi maxsus tikilmagan, ya'ni Raw Cut (xom kesim) usulida kesilgan.
Raw cut uslubi haqida qisqacha - bu sport va ko'cha kiyimidagi uslub, hom kesim ya'ni ishlov berilmagan chetlar o'ziga hos qulayliklari bor va ular:
-qalin tikuvlarning yo‘qligi intensiv mashg‘ulotlar, shtanga yoki gantellar bilan ishlash vaqtida terining ishqalanishi, botishi va qizarishining oldini oladi.
-Hardcore: Ishlov berilmagan chetlar kiyimga bodibildingning eski maktab uslubi va qo‘pol, o‘ziga xos ko‘cha modasiga xos ko‘rinish beradi.
-Matoning tabiiy ravishda buralishi (Roll-edge effect)
Birinchi yuvishdan so‘ng yoki kiyish jarayonida tabiiy paxtadan tayyorlangan matoning ishlov berilmagan chetlari biroz tashqariga qarab buraladi. Bu nuqson hisoblanmaydi. Aksincha, bu dizaynerlik elementi bo‘lib, kiyimga hajmdorlik va o‘ziga xos, beparvo uslub bag‘ishlaydi.

