BIG LIFE erkaklar sport kostyumi — zamonaviy dizayn, qulay bichim va premium ko‘rinishni birlashtirgan ikki qismli to‘plam. Komplekt zamokli sport kurtka va to‘g‘ri bichimli shimdan iborat. Yenglaridagi kontrast rangli chiziqlar modelga yanada zamonaviy va chiroyli ko‘rinish beradi. Kurtka hamda shimda BIG LIFE brendining logotipi joylashtirilgan. Cho‘ntaklari kundalik foydalanish uchun qulay. Sayr, safar, dam olish, yengil sport mashg‘ulotlari va har kuni kiyish uchun mos. Oq krasovka va futbolkalar bilan juda yaxshi uyg‘unlashadi.

