
TrendLook brendidan premium sifatga ega bo‘lgan erkaklar polo futbolkasi!
Ushbu zamonaviy va bejirim yozgi polo futbolkasi sizning kundalik va klassik garderobingiz uchun ajoyib asos bo‘ladi. Klassik tugmali yoqalardan farqli o‘laroq, ushbu modelda zamonaviy va sifatli zamokli (molniya) yoqa qo‘llanilgan bo‘lib, u erkaklar qiyofasiga o‘zgacha jo‘shqinlik va zamonaviy uslub bag‘ishlaydi.
Asosiy afzalliklari:
- Premium material: Yuqori sifatli tabiiy paxta (хлопок) matosidan tikilgan. Havo o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lib, issiq kunlarda ham tanaga qulaylik va salqinlik beradi.
- Unikal dizayn: Bir tonli (однотонная) tekis mato, yoqa va yenglaridagi kontrast chiziqlar hamda ko‘krak qismidagi nafis logotip kiyimga qimmatbaho va zamonaviy ko‘rinish beradi.
- Universal uslub: Har qanday klassik shimlar, va kundalik jinsilar bilan ideal mos tushadi. Ishga, o‘qishga, uchrashuvlarga yoki shunchaki sayrga kiyish uchun juda qulay.
Xususiyatlari va o‘lchamlar:
- Mato tarkibi: 95% Paxta (хлопок), 5% Elastan (matoning shaklini saqlashi va cho‘ziluvchanligi uchun).
- Mavjud o‘lchamlar: L, XL, XXL, 3XL (O‘lchamlar aniq standartlarga mos keladi).
- Kalta yengli, otlojnoy yoqali, zamokli mexanizm.
Parvarish qilish qoidalari:
Kiyim uzoq vaqt o‘z rangi va sifatini yo‘qotmasligi uchun 30-40 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda, teskari qilib yuvish tavsiya etiladi.

