• Uzoq saqlanuvchi, kuchli va sirli hid — har bir purkash o‘ziga xos joziba beradi.
• Oud, tamaki va qahva uyg‘unligi – chuqur, boy va zamonaviy kompozitsiya.
• Kechki tadbirlar va maxsus holatlar uchun ideal tanlov.
• Uniseks atir – erkaklar va ayollar uchun teng darajada mos.
• Qimmatbaho yog‘lar asosida yaratilgan, original va premium sifat.
Black Afgano – sirli joziba va kuchli xarakter timsoli.
Bu atir o‘ziga xos qorong‘u, tutunli va sirli notalar orqali chuqur taassurot qoldiradi. Parfyum dunyosida u erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan nisex (uniseks) durdona sifatida tanilgan. Dastlabki notalarda kannabis, yashil barglar va tutun aralashmasi hukm suradi. Orqa fonida esa qahva, tamaki, oud yog‘i, smola va agarcho‘p kabi notalar uyg‘unlashib, g‘ayritabiiy jozibani yuzaga keltiradi. Black Afgano — bu shunchaki atir emas, balki kuch, erkinlik va sirli ruhni ifodalovchi san’at asari.
Qulay qo‘llanishi va uzoq saqlanuvchi xidi uni kechki uchrashuvlar, maxsus tadbirlar va o‘ziga ishonchli insonlar uchun ideal tanlovga aylantiradi. Har bir purkash – yangi his-tuyg‘ular dunyosiga sayohat.

