Pirimqul Qodirov: «Erk»
Erk va erksizlik. Ushbu ikki holat inson hayotida baʼzan qil sigʻmas darajada yonma-yon keladi. Oʻylanmay bosilgan birgina notoʻgʻri qadam kutilmagan fojialarga yetaklashi, ortga qaytish yoʻllarini butkul yopib qoʻyishi hech gap emas.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning mazkur falsafiy-psixologik qissasida erk, muhabbat, oila va qadr-qimmat masalalari bosh qahramonlar — Sattor, Oysha va Roziya taqdirlari misolida teran yoritilgan. Toshkentning 1966-yildagi mashhur zilzilasi va undan keyingi ulkan bunyodkorlik jarayonlari fonida yoshlarning dunyoqarashlari, mustaqil fikrga ega boʻlish yoki el ogʻzidagi gaplarga qul boʻlish oqibatlari mahorat bilan tasvirlanadi. Oila poydevori faqat chinakam mehr-muhabbat ustiga qurilishi kerakligini uqtiruvchi ushbu asar, katta hayot boʻsagʻasida turgan har bir yoshni hushyorlikka chorlaydi.

