Uch og'ayni - insoniylik, do'stlik va hayotning achchiq-haqiqatlarini
samimiy va ta'sirli tarzda ochib beruvchi asar. Roman markazida jamiyat
nazarida "oddiy" yoki hatto "e'tiborsiz" sanalgan uch do'stning hayoti tu-
radi. Ular katta lavozimlar, boylik yoki shon-shuhratga ega emas, ammo
ularning qalbida hayotga boʻlgan o'ziga xos qarash, o'z "falsafasi" va so-
diq do'stlik rishtalari mujassam.
Asar davomida muallif o'quvchini shu qahramonlar bilan birga ya-
shashga, ularning quvonch va iztiroblarini his qilishga majbur etadi. Eng
muhim jihati shundaki, ular jamiyat chetga surib qo'ygan insonlar bo'lsa-
da, o'z sha'ni, vijdoni va mehrini saqlab qolgan.
"Uch og'ayni" nafaqat do'stlik haqida, balki insoniy qadr-qimmat,
muhabbat va yo'qotishlar haqida ham hikoya qiladi. Shu jihati bilan ro-
man har qanday o'quvchining qalbidan joy oladigan, uzoq vaqt xotirada
qoladigan asarlar sirasiga kiradi.

