Ushbu mahsulotimiz ofislar, rahbar xonalari, uy ofislari, o‘quv markazlari, call-markazlar, administrator ish joylari hamda kompyuter oldida uzoq vaqt ishlanadigan joylar uchun mo‘ljallangan. Ergonomik ofis kreslosi qulay o‘tirish, bel va orqa qismini qo‘llab-quvvatlash hamda ish jarayonida komfortni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Setkali suyanchig‘i havo aylanishini ta’minlab, uzoq vaqt foydalanishda qulaylik yaratadi. Keng setkali bosh uchun podgolovnik bo‘yin mushaklaridagi zo‘riqishni kamaytirishga yordam beradi. Yumshoq o‘rindiq, mustahkam qo'l qo'ygichlar, 5 qavatli xromlangan asos qismi va yumshoq qoplamali g‘ildiraklari kundalik foydalanish uchun qulay va ishonchli yechim hisoblanadi.
Texnik xususiyatlari:
Suyanchiq turi: setkali ergonomik suyanchiq
Podgolovnik: keng setkali podgolovnik
Bel tayanchi: mavjud
Qoplama materiali: setka/mato
Qo'l qo'ygichlar: yumshoq va mustahkam plastik podlokotniklar
Asos qismi: 5 nurli xromlangan krestovina
G‘ildiraklari: yumshoq qoplamali roliklar
Sozlanishi: o‘rindiq balandligini sozlash
Qo‘shimcha sozlanishi: suyanchiqqa bosim kuchini sozlash
Rangi: qora

