Xususiyatlari:
Tavsif:
Epson L8050 — rangli tasvirlar, fotosuratlar va hujjatlarni A4 formatgacha chop etish uchun printer. 6 rangli chop etish tizimi ranglar va ularning o‘tishlarini batafsil aks ettirishga yordam beradi. 5760×1440 dpi aniqlik tasvirlarning mayda detallarini chiqarish imkonini beradi.
Wi-Fi orqali simsiz yoki USB 2.0 orqali simli ulanishdan foydalanish mumkin. CD/DVD’ning chop etishga mos yuzasiga tasvir va yozuvlarni tushirish imkoniyati disklarni bezash uchun qulay. Mahsulot servis va kafolat bilan taqdim etiladi.

