Tovar tavsifi:
Yuqori sifatli epoksid qatroni va maydalangan toshlar jilosidan tayyorlangan ushbu doira shaklidagi eksklyuziv panel interyeringizning eng jozibali nuqtasiga aylanadi.
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
* Mualliflik dizayni hamda 3D effekti: Yaltiroq epoksid qatroni, oltinsimon-jigarrang va toʻq rangli toshlar xonada hashamatli muhit yaratadi.
* Mustahkam va uzoq muddatli: Sirt qatlami qrilmaydi, rangini yoʻqotmaydi va tozalash oson.
* Toʻliq jamlanma: Mahsulot bilan birga burchagi sozlanuvchi mustahkam metall taglik (podstavka) taqdim etiladi.
Tovar xususiyatlari:
Mahsulot turi: Dekorativ stol paneli / Epoksid stend-kartina
Diametri: 40 sm
Materiallar: Epoksid qatroni, maydalangan toshlar, MDF
Format / Shakli: Doira shaklida
Ramka mavjudligi: Ramkasiz (Epoksid chetlari tekislangan va silliqlangan)
Oʻrnatish usuli: Stol ustida (Jamlanmadagi metall podstavka yordamida)
Mos joylar: Mehmonxona, yotoqxona, ish stoli, kofe xonalari, goʻzallik salonlari
Parvarishlash: Yumshoq quruq yoki nam mato bilan artish tavsiya etiladi
Yosh cheklovi: Cheklovsiz (0+)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Oʻzbekiston
Jamlanma tarkibi: 1 dona diametri 40 sm epoksid dekoratsiyasi, 1 dona metall podstavka (taglik)


