Epiphone va Slash - Slash Collection seriyasini faxr bilan taqdim etadi
Inspired by Gibson kolleksiyasiga kiruvchi ushbu seriya Slash o‘z faoliyati davomida sahnada ijro etgan va butun dunyo bo‘ylab musiqachilarning bir necha avlodini ilhomlantirgan afsonaviy gitaralarga bag‘ishlangan.
Epiphone Slash Les Paul™ Standard elektro gitarasi har qanday sahna va turli darajadagi musiqachilar uchun juda mos keladi. Model mahaogani korpus, AAA Flame Maple shpon bilan qoplangan o‘yma qattiq zarang top hamda Slashning shaxsiy talablariga moslashtirilgan xususiyatlar bilan jihozlangan.
Kolleksiyaning o‘ziga xos detali — grif kallagining orqa tomonidagi Slashning mashhur «Skully» tasviri. To‘plamga qattiq keys (Custom Hardshell Case) ham kiradi.
Texnik xususiyatlari:
- Turi: Elektro gitara
- Korpus shakli: Les Paul
- Korpus materiali: Mahaogani (Mahogany)
- Top: AAA Flame Maple shponli o‘yma qattiq zarang qopqoq (Carved Hard Maple Cap)
- Korpus qoplamasi: Yaltiroq (Gloss)
- Torlar soni: 6 ta (metall)
- Tor tutqichi: LockTone Stop Bar
- Grif: Mahaogani (Mahogany)
- Grif profili: Slash Custom C-Shape
- Grif mahkamlanishi: Yopishtirilgan (Glued In, Set Neck)
- Grif qoplamasi: Dafna (Laurel)
- Furnitura: Nikel qoplamali (Nickel)
- Inkrustatsiya: Sadafsimon parallelogrammalar (Pearloid Parallelogram)
- Ladlar soni: 22 ta (Medium Jumbo)
- Menzura: 24,75" / 628,65 mm
- Standart torlar qalinligi: .10–.46
- Yuqori porog kengligi: 1,69" / 43,0 mm
- Kolkalar: Epiphone Vintage Deluxe
- Rangi: November Burst
Elektronika:
- Bridj tovush olgichi: Custom ProBucker Alnico 2
- Grif yonidagi tovush olgichi: Custom ProBucker Alnico 2
- Boshqaruv elementlari: 2 ta Volume, 2 ta Tone, CTS potensometrlari va Orange Drop kondensatorlari
- O‘zgartirgich: 3 pozitsiyali tumbler
- Chiqish raz'yomi: 1/4" (6,35 mm jack)