«Epchil zag'izg'on» — Gulnoz Tojiboyevaning jajji o‘quvchilar uchun yozilgan sehrli ertaklar to‘plami. Kitobdagi qiziqarli voqealar orqali yolg‘onchilik, hasadgo‘ylik, chaqimchilik, ochko‘zlik va janjalkashlik kabi xususiyatlarning yomonligi tushuntiriladi. Ertaklar bolalarni rostgo‘y va jasur bo‘lishga, kattalarni hurmat qilishga hamda kichiklarga g‘amxo‘rlik qilishga undaydi.

