Enterodetoks — bu oʻzida tabiiy sorbent – lignin va yumshoq prebiotik - laktulozani birlashtirgan, ikki karra taʼsirga ega «2 tasi 1 da» zamonaviy majmuadir. U organizmni zararli moddalar, toksinlar, allergenlardan tozalash bilan bir vaqtda ichakning foydali mikroflorasini qoʻllab-quvvatlaydi. Endi ikkita alohida vosita sotib olishga hojat yoʻq — eng muhim narsalarning barchasi bitta tabletkada muvozanatlashtirilgan!
Enterodetoks qachon yordam beradi:
Muammoli teri: yuzdagi toshmalar, husnbuzarlar va xira rangdan xalos boʻlishga yordam beradi, yalligʻlanishning asosiy sababini ichkaridan bartaraf etadi. Oshqozondagi ogʻirlik: noqulaylik, dam boʻlishni bartaraf etadi va hazm jarayonini normallashtiradi. Organizmni tozalash: ovqatdan zaharlanish, antibiotiklar qabul qilish, allergiya yoki alkogol isteʼmolidan keyin toksinlarni chiqarib tashlaydi. Immunitetni qoʻllab-quvvatlash: ichakning foydali mikroflorasi muvozanatini tiklaydi. 🛡 Aqlli formula qanday ishlaydi:
Lignin (Tabiiy sorbent): aqlli magnit kabi ishlaydi. U butun ichak boʻylab zararli bakteriyalar, allergenlar, toksinlar va shlaklarni ehtiyotkorlik bilan yigʻadi, soʻngra ularni organizmdan yumshoq tarzda chiqarib tashlaydi.
Laktuloza (Prebiotik): sizning shaxsiy foydali bakteriyalaringiz uchun ideal ozuqa boʻlib xizmat qiladi. U mikrofloraning oʻsishini taʼminlaydi, zararli mikroblarning koʻpayishini toʻxtatadi, ich kelishini yumshoq tarzda normallashtiradi va oshqozondagi ogʻirlikdan xalos etadi.
Qoʻllash usuli va dozalari:
Tabletkalar ichga qabul qilinadi (oldindan maydalash ham mumkin) va ovqatlanishdan yoki boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin suv bilan ichiladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: kuniga 3 mahal 2–3 tabletkadan.
8 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: kuniga 3 mahal 1–2 tabletkadan.
3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar: kuniga 3 mahal 1 tabletkadan.
1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar: kuniga 3 mahal 1/2 tabletkadan.
Tavsiya etilgan kurs: 2–3 hafta.
«Vida Verde Pharm» kompaniyasi tomonidan «Vita Naturale» brendi uchun maxsus ishlab chiqarilgan (Toshkent sh.).
BFQ. Dori vositasi hisoblanmaydi.

