«Ensiklopediya. Yuqori texnologiyalar: g‘aroyibotdan amaliyotga» — yaqin vaqtgacha fantastikadek tuyulgan, bugungi kunda esa haqiqiy hayotga kirib kelayotgan texnologiyalar haqida qiziqarli ilmiy-ommabop kitob. Ensiklopediyada zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlari, ularning qanday yaratilgani hamda kelajak hayotiga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Kitobning alohida bo‘limida kelajak transporti haqida so‘z yuritiladi. Unda haydovchisiz avtomobillar, uchar mototsikllar, boshqaruvchisiz kapsulalar, vakuum poyezdlari, havodagi magnit transporti, reaktiv sumkalar, uchar avtomobillar, «aqlli» yo‘llar, avtokolonnalar va xoverbordlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, ensiklopediyada robotlar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, 3D-chop etish, «aqlli buyumlar», virtual sayohat, bulutli texnologiyalar, biometrik hujjatlar, mobil qurilmalar, virtual voqelik va QR-kodlar kabi mavzular yoritilgan. Tibbiy texnologiyalar bo‘limida robotlashtirilgan protezlar, lazer jarrohligi, gen muhandisligi va shaxsiy tibbiyot haqida ma’lumot beriladi. Ta’limga oid bo‘limlarda esa elektron o‘qituvchi, masofaviy ta’lim, elektron imtihonlar va sinfdagi robotlar haqida so‘z boradi.

