• Nashriyot: "DAVR PRESS NMU" Toshkent 2023 yil
• Muqova: qattiq
• Sahifalar soni: 80
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 70 * 100 1/16
Aziz bolajonlar, ulg‘ayganingiz sari ota-onangiz, bobo-buvingizni «Bu nima?», «Nega shunday?», «Qachon bo‘lgan?» kabi savollarga ko‘mib tashlayotgandirsiz-a! Bu tabiiy, axir, atrofingizda qiziqarli narsalar, hodisalar juda ko‘p-da. Ba’zan savollaringizga kattalar ham javob topolmay qolishlari mumkin. Ana shunda hozir qo‘lingizga tutib turgan bilimlar kitobi — ensiklopediya yordamga keladi.
Cheksiz koinot, zamonaviy texnika, g‘aroyib jonivorlar, o‘tmishda qolgan dinozavrlar, nozik, nafis kapalaklar haqidagi eng so‘nggi, eng yangi ma’lumolarni o‘z ichiga olgan rangli, rasmli ensiklopediyalar sizning qiziqishlaringizga javob beradi va bilimlaringizni boyitadi.

