• Nashriyot: "DAVR PRESS NMU" Toshkent 2022 yil.
• Sahifalar soni: 288
• Muqova: qattiq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 70 * 100 1/16
«Ensiklopediya» maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning qobiliyatlarini, shuningdek, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirib, uni maktabga to‘laqonli tayyorlashga yordam beradi. Kitob qayta ishlangan, amalda sinalgan metodlar asosida puxta tayyorlangani bois bola o‘qish malakasini oson egallaydi, sanash va hisoblashni o‘rganadi, atrofdagi o‘simlik va hayvonot olami haqida bilimlarini to‘ldiradi, axloq-odob qoidalari bilan tanishadi, kasblar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi, ona vatani haqidagi eng muhim ma’lumotlarni bilib oladi. Bu bilimlar va malaka har qanday maktabda o‘qib ketish imkoniyatini beradi va keyingi oladigan bilimlari uchun asos bo‘ladi. «Ensiklopediya» farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar va qiziquvchan kichkintoylarning tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan.

