• English Grammar in Use
• MUALLIF Reymond Merfi
• JANR Ingliz tili grammatikasi, o‘quv qo‘llanma
• BETLAR SON 396
“English Grammar in Use” ingliz tilini mustaqil o‘rganuvchilar uchun yaratilgan dunyodagi mashhur darsliklardan biridir. Kitob o‘rta darajadagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ingliz grammatikasining asosiy bo‘limlari juda sodda va tushunarli tarzda bayon qilingan. Har bir mavzu ikki sahifadan iborat: chap sahifada qoida, o‘ng sahifada esa shu qoidaga doir mashqlar joylashtirilgan. Bu usul o‘quvchining mavzuni tez tushunishiga va amaliyot orqali mustahkamlashiga yordam beradi. Kitobda fe’l zamonlari, modallar, majhul nisbat, shart gaplari, sifatdoshlar, olmoshlar kabi ko‘plab muhim mavzular izchil o‘rgatiladi. Qoidalar hayotiy misollar bilan boyitilgan, mashqlar esa tilni faol qo‘llashni o‘rgatadi. Ingliz tilini chuqur va tizimli o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun juda samarali manba hisoblanadi.

