• ISBN 978-9943-9261-3-4 - 240 bet - Kiril alifbosi - Muallif: Toni Morrison
• Tarjimon: Saodat Abdurahmonova - Factor books nashriyoti
• Qadrdon o‘quvchi, kitobni o‘qir ekansiz, ko‘z oldingizda Pekolaning hayotini butunlay ostin-ustin qilib yuborgan voqea-hodisalar birin-sirin o‘tib boraveradi. Ammo shuni bilishingiz kerak – shunday kitoblar borki, mutolaasi og‘riqli kechadi.
Morrisonning ilk katta nasriy asari hisoblanmish “Eng moviy ko‘zlar” romanida kichkinagina shaharning qora pardasi ortida ro‘y beradigan voqealar tilga olinadi. Bu shaharchada Pekola Bridlow ismli qora tanli qizcha yashaydi. Qizcha hali voyaga yetmagan bo‘lsa-da, uning hayoti o‘ta murakkab. Ammo Pekola “changalzor” ichida ham o‘ziga taskin topa oladi – u moviy ko‘zlari bo‘lishini istaydi.



