Muallif: Tuba Qilich
Nashriyot: Misbah nashriyoti
Sahifalar soni: 256
O‘lchami: 13.5x21 sm
ISBN: 978-9910-9995-6-7
Muqova: yumshoq
Alifbosi: kirill
Tili: o'zbek
"Eng baxtli oila" Tuba Qilich
Insonga beriladigan eng katta nemat hayot va umrdir. Unda esa joningni fido qilmay, hisob kitob qilishni bas qilmay muhabbatga erishib bo’lmaydi! Hisob kitob qilmay va’da beriladi va qalblarning tub-tubidan aks sado bergan va’da muqaddas shartnomaga aylanadi.
Oila shunday shartnoma bilan boshlanadi. Bu shartnomada ayol va erkaknining imzosi bor. Bu imzo yurak siyoxi bilan chekiladi. Nikoh bu er-xotinning monopollashtirishi bo’lmaganidek, oila ham er-xotinlar bir- biriga egalik qilish huquqini olishlarini anglatmaydi. Albatta, har bir oila ham ba’zi inqirozlarga duch kelishi mumkin. Turmush qurish ostonasida turganlarga birinchi tavsiyam shunday- tanlovingiz taqdringizni belgilaydi. Oilangiz tanlikka uchramasligi uchun yaxshi niyat qilib yashashni maqsad qiling. Burnini yerga ishqab qo’yish istagi, kim xo’jayinlik qilish borasida talashish, o’zini hor qilib qo’ymaslik uchun har turli hiyla qilish, gapini o’tqazishga harkat qilish va hakozolar…Bularning bari niyatingiz holati va yaxshlik darajasiga ta’sir qiladi. Birinchi navbatda, bo’lajak turmush o’rtog’ingiz, uning oilasi va qarindosh urug’lariga befarq bo’lmang. “ meni faqat ayolim yoki erim qiziqtiradi” deyish kelajakda er-xotin o’rtasida ko’p kelishmovchliklarga sabab bo’ladi.
OIlaviy maslahatchi, psixolog Tuba Qilichning kitobi oila qurish istagida bo’lgan va yoki oila atalmish dargoh ichida yashovchi har bir inson uchun muhim fkrlarni taqdim qiladi. KItobni mutolaa qilish asnosida eng yaxshi hayotiy qo’llanmadan saboq olayotganingizni anglashingiz shubhasiz. Sabog’ingiz samarali bo’lsin, aziz o’quvchi.


