ENDOL
Endol — ayol organizmidagi gormonal fonni me’yorlashtirish va himoya funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun.
Tarkibi (1 kapsulada):
Faol modda:
Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellüloza, laktoza, magniy stearati, kartoshka kraxmali.
Xususiyatlari:
Mahsulot ta’siri uning tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq.
Indol-3-karbinol turli karam navlari, rediska, bryukva, sholg‘om kabi sabzavotlarda uchraydi va ayollar salomatligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. U estrogenlar metabolizmini xavfsiz yo‘l — 2-gidroksiestroonlar hosil bo‘lishi yo‘liga yo‘naltirishga ko‘maklashadi, bu esa estrogenlar muvozanatini me’yorlashtirishga va bachadon hamda sut bezlari to‘qimalarida patologik hujayralar rivojlanishini rag‘batlantiruvchi gormonga bog‘liq bo‘lmagan mexanizmlarni bloklashga xizmat qiladi.
Faol komponentlar mahsulot ta’sirini belgilab, giperplastik jarayonlarni korreksiya qilish va ayol reproduktiv tizimi (sut bezlari, bachadon bo‘yni, tuxumdonlar, endometriy, miometriy) sog‘lig‘ini saqlashga yo‘naltirilgan.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar:
Qo‘llash usuli va dozalari:
Kattalarga kuniga 2 mahal ovqat paytida 1–2 kapsuladan. Qabul qilish kursi 1 oydan 6 oygacha. Zarurat bo‘lsa, kursni takrorlash mumkin. Qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta’sirlari:
Odatda yaxshi ko‘tariladi. Biroq ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar (kontraindikatsiyalar):
Tarkibiy qismlarga individual toqatsizlik, homiladorlik va emizish davri, oshqozon shirasi kislotaligini kamaytiruvchi preparatlarni qabul qilish.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Oziq-ovqatga biologik faol qo‘shimcha (BFQ). Dori vositasi emas.
Retseptsiz beriladi.
Chiqarilish shakli:
Shisha flakonda 60 kapsula.
Saqlash sharoiti:
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
3 yil. Amal qilish muddati tugagandan so‘ng qo‘llanmang.
Ishlab chiqaruvchi:
MChJ “FARM FORMAT”, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 324-uy.
Buyurtmachi:
MChJ “AIKA EXCLUSIVE”, O‘zbekiston, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 34.
Tel.: +998 93 827 11 00
E-mail: aikaexclusive@inbox.ru

