„Bolalar ensiklopediyasi“ — o‘sib kelayotgan yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi .Ushbu nashr bolalarni atrof-muhit, tabiat, ilm-fan, texnika, tarix, san’at va adabiyot olami bilan yaqindan tanishtiradi. Kitobda murakkab ilmiy tushunchalar va tarixiy voqealar bolalar yoshi, psixologiyasi va qabul qilish darajasiga mos ravishda, sodda, tilda bayon etilgan. Ensiklopediyaning o‘ziga xosligi shundaki, undagi ma’lumotlar rang-barang illyustratsiyalar, qiziqarli xaritalar va ko‘rgazmali suratlar bilan boyitilgan. Bu esa bolalarning mavzuni vizual tarzda oson eslab qolishlariga yordam beradi.Kitob maktab yoshidagi o‘quvchilar, o‘qituvchilar hamda farzandining har tomonlama barkamol rivojlanishiga e’tibor beradigan ota-onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bilimlar olamiga sayohat qilishda ishonchli qo‘llanma bo‘la oladi.

