O‘zingizga past baho berish bilan kurashyapsizmi? O‘zgarish uchun qilgan barcha harakatlaringizga qaramay, hali ham o‘zingizni to‘liq emas, munosib emas va yetarlicha yaxshi emas deb his qilyapsizmi?
Bir qarashda biz baxtli bo‘lishimiz kerak. Bizda kerakli hamma narsa bor: munosib ish, barqaror daromad va yaxshi do‘stlar. Biz o‘zimizga ishonch hosil qildik. Biz o‘zimizga past baho berish bilan bog‘liq muammolarni yengib o‘tdik, deb o‘ylardik.
Ammo ich-ichimizdan hech narsa o‘zgargani yo‘q — biz hamon o‘zimizni boshqalardan yomonroq his qilamiz. Nima uchun shunday bo‘ladi?
Nega o‘zimizni sevmaymiz?
Haqiqat shundaki, biz noto‘g‘ri muammoni hal qilgandik. Muvaffaqiyatli va o‘zimizga ishongan bo‘lsak, o‘zimizni yaxshi his qilamiz, deb o‘ylardik. Ammo o‘z-o‘zini past baholash - bu idrok etish muammosi; uning muvaffaqiyatimiz yoki o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizga hech qanday aloqasi yo‘q. Siz boy, chiroyli yoki boshqalarga yoqadigan bo‘lishingiz mumkin, lekin o‘zingizni yaxshi his qilmaysiz. Bu haqda siz "O‘z kosangni bo‘shat" kitobida ko‘proq ma’lumot olasiz.
Ushbu audiokitobning maqsadi sizga o‘zingiz haqingizda o‘ylagan barcha narsalardan xalos bo‘lishga va ruhiy "men"ingiz bilan aloqani tiklashga yordam berishdir. Bu kitobda kosa aqlga o‘xshatish sifatida qo‘llaniladi.

