• Nomi Hissiyotlar bizni qanday boshqaradi
• Muallif Лоуренс Хоуэллс
• Janr Psixologiya, kognitiv-xulqiy terapiya
• Format A5
• Betlar soni 287 bet
• Muqova Yumshoq muqova
«Hissiyotlar bizni qanday boshqaradi» kitobi inson hayotida hissiyotlarning o‘rni va ularning qarorlarimizga ta’sirini tushuntirib beradi. Muallif g‘azab, aybdorlik, qayg‘u va xavotir kabi salbiy emotsiyalar qanday shakllanishini va ularning ongimizni qanday boshqarishini kognitiv-xulqiy yondashuv asosida tahlil qiladi. Kitobda kundalik hayotda qo‘llash mumkin bo‘lgan mashqlar, fikrlashni o‘zgartirish usullari va hissiy muvozanatni saqlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan. Ushbu asar o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni va ongli yashashni istagan har bir kishi uchun foydali manba hisoblanadi.

