Emili Nagoski va uning singlisi Ameliya ayollardagi charchoq mavzusiga murojaat qilishadi. Tashqi ko‘rinish va xulq-atvor standartlariga mos kelishga, hamma joyda ulgurishga va shu bilan birga yoqimtoy bo‘lishga urinishda ayollar cheksiz stresslarning yopiq doirasiga tushib qolishadi.
Ushbu kitobdan siz ilm-fan stress va u bilan kurashish usullari haqida nima deyishini bilib olasiz, stereotiplarga berilmaslikni, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishni va boshqalarning emas, balki o‘zingizning muhim maqsadlaringiz uchun yashashni o‘rganasiz.

