• Suvda eritish uchun kukun
• Og'irligi 1 kg
• Ichkarida o'lchash qoshig'i
• Foydalanish va saqlash uchun qulay chelak
"ELIZAR" kislorodli oqartirgich-dog‘ketkazgich kelib chiqishi organik bo‘lgan har qanday ifloslanishlarni: yog‘ dog‘lar va qon, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari, giyohlar va qatronlarning dog‘larini, hamda yod va yashil surtma dog‘larini ham oson ketkazadi. Oq va rangli matolar uchun xavfsiz. Yumshoq mebel qoplamasi, gilamlar, plastik, bo‘yalgan yuzalar, zanglamaydigan po‘lat, kafellar, shisha, fayans, shisha keramika, rezina, silikondan ifloslanishlarni samarali olib tashlaydi.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA:
Oq va rangli matolardan dog‘larni ketkazish. Oqartirish.
Issiq suvga (70-90°S) suvning har bir litriga 0,5-1 o‘lchov qoshiqchasi hisobidan Elizar va 1-2 o‘lchov qoshiq kir yuvish uchun istalgan vositadan (butun hajmga) qo‘shing. Buyumlarni 15-30 daqiqaga eritmaga ivitib qo‘ying. Eski ifloslanishda (yoki sarg‘ayishda) buyumlarni suv butkul sovigunicha qoldiring. So‘ngra o‘zingizni odatiy kir yuvish vositasi bilan kir yuvish mashinasida yuving. Rangli va oq kiyimlarni birgalikda ivitmang.
Granulalarni mato ustidan sochmang.
Oshxona anjomlarini tozalash.
Maksimal issiq suvga (90°S) suvning har bir litriga 0,5-1 o‘lchov qoshiqchasi hisobidan Yelizar va 1 o‘lchov qoshiq idish-tovoq yuvish uchun vositadan (butun hajmga) qo‘shing. Buyumlarni eritmada 15-30 daqiqa yoki suv butkul sovigunicha iviting. Suv bilan yaxshilab yuvib oling.
Yuzalardan, yumshoq mebel qoplamasi va gilamlardan ifloslanishlarni olib tashlash.
Vositani issiq suvning (90°S) katta bo‘lmagan miqdori bilan aralashtiring. Granulalar erishini kutmasdan, eritmani ifloslanishga (granulalarni qamrab olgan holda gubka bilan) surting va 30-60 daqiqaga qoldiring. Qo‘lqoplardan foydalaning. Granulalarning qoldiqlarini nam mato yoki changyutgich yordamida olib tashlang.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI:
Qo‘llashdan avval yo‘riqnomani o‘rganib chiqing. Qo‘lqoplarni va ko‘zlarni himoyalash vositalaridan foydalanish bilan qat’iy mo‘ljallanish bo‘yicha qo‘llang. Ko‘zlarga tushib qolish holatida ularni bir necha daqiqalar davomida suvning katta miqdori bilan yuvib olinsin. Ichga tushib qolish holatida og‘iz suv bilan chayib olinsin. Chayib olingandan so‘ng darhol shifokorga murojaat qilish va qadoqni ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Teriga tushganda suvning katta miqdori bilan yuvib yuborilsin.
+30°Cdan yuqori bo‘lmagan haroratda quruq, salqin va bolalar ololmaydigan, alangalanuvchi materiallardan alohida joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati tugashi bo‘yicha maishiy chiqindilar kabi utilizatsiya qilinsin.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR:
Jun, shoyi, par va pat, teri, zamsh, nubuk, membran matolardan buyumlar uchun, metall detallar (molniyalar, tugmalar) va payetkalarga ega bo‘lgan buyumlar uchun; yog‘och, mis, aluminiy va ushbu metallarning saqlovchi quymalardan buyumlar uchun, laklangan yuzalar uchun vositaning qo‘llanilishi. Xlor saqlovchi vositalar bilan aralashtirish.
MUHIM:
Qo‘llashdan avval matoning rang turg‘unligini ko‘z ilg‘amaydigan joyda sinab ko‘ring. Maksimal natijaga erishish uchun, vositani issiq suvda
(kamida 90°C) faollashtiring, keyingi yuvish va ivitishni mato markirovkasiga muvofiq keluvchi suv haroratida o‘tkazing.

