Elige® — sharqona va gulli notalarni o‘zida mujassam etgan, nafis hamda boy bichimdagi atir suvi bo‘lib, u o‘zining betakror elegantligi va yuqori uslubi bilan ajralib turadi. Tarkibidagi 40 dan ortiq noyob ingredientlar tufayli ifor terida juda go‘zal va ko‘p qirrali tarzda ochiladi. Dastlab siklamen, oq freziya, pushti pion va amazonka liliyasining tarovatli akkoridlari tarqalsa, birozdan so‘ng tungi yasmin, tuberoza, ilang-ilang, kameliya hamda shirin Mirabel olxo‘risining boy va ayollona buketi namoyon bo‘ladi. Kompozitsiyani esa sandal daraxti, mahagoni, oq murch, ambra va vanilning issiq, maftunkor hamda uzoq saqlanuvchi shleyfi yakunlaydi. Ushbu nafis va chuqur atir kechki tadbirlar, muhim uchrashuvlar va alohida kunlarda o‘ziga xos maqom, nafosat va nazokatni ta’kidlash uchun ideal tanlovdir.

