Bu kitobni turkiyalik va amerikalik taniqli yozuvchi, asarlari zamonamizning bestsellerlariga aylangan Elif Shafaq yozgan. Unda insonlar o‘rtasidagi muhabbat, bir-birini tushunish kabi murakkab psixologik muammolar mahorat bilan tasvirlangan. Shuningdek, u Sharq va G‘arb, o‘tmish va hozirgi zamon motivlari uyg‘unligi bilan o‘quvchi e’tiborini tortadi.

