To'rt yil avval g‘oyib bo‘lgan va shu vaqt ichida biror marta o‘zidan darak bermagan insonni qidirish — bundan ham mantiqsizroq ish bo‘lishi mumkinmi? Biroq izquvar Makar Ilyushin sherigi Sergey Babkin bilan birgalikda, umidsizdek tuyulgan ushbu ishga qo‘l uradilar.
Badavlat oiladan bo‘lgan yosh qiz Elina Gols sirli vaziyatlarda g‘oyib bo‘ldi va uning do‘stlari yoki tanishlaridan hech biri qayerga ketganini hatto taxmin ham qila olishmadi. Elina nima uchun g‘oyib bo‘ldi? Gols oilasining ichki o‘yinlari va intrigalarining bunga qanday aloqasi bor?

