Rossiyalik yozuvchi Yelena Mixalkova o‘zining detektiv va fantastik asarlari bilan mashhur. Uning kitoblari umumiy hisobda bir million nusxadan ortiq tirajda chop etilgan. Mixalkova yuridik ma’lumotga ega bo‘lib, militsiyada tergovchi yordamchisi bo‘lib ishlagan. Shuning uchun ham uning detektiv romanlari nafaqat qiziqarli jumboq, balki professional darajada mayda tafsilotlarigacha o‘ylangan matndir. Yozuvchining "Makar Ilyushin va Sergey Babkin tergovlari" turkumi alohida mashhurlikka ega. Ushbu turkumning yangi "Yo‘lbarsrang, qora, oltin" (Тигровый, черный, золотой) romani mashhur izquvarlar hal qilishi kerak bo‘lgan noodatiy voqea haqida hikoya qiladi.

