Masha Babkina sobiq sinfdoshi Sveta Rogozinadan xat oladi. Sveta maktab davrida Masha va boshqa qizlarni doim masxara qilib, tengdoshlarini yig‘latishni yoqtirar, o‘qituvchilarni esa umuman mensimas edi.
Maktabni tugatganlariga o‘n sakkiz yil bo‘ldi. Rogozina kutilmaganda sobiq sinfdoshlariga noodatiy sovg‘a qilishga qaror qiladi — Moskva viloyatidagi hashamatli “Tixaya zavod” mehmonxonasida uch kunlik yashash xarajatlarini to‘lab beradi.
Sobiq sinfdoshlar Rogozina bu safar qanday o‘yin o‘ylab topganini tushunishmaydi, biroq baribir taklifni qabul qilib, uchrashuvga yo‘l olishadi. Ammo yig‘ilishdan keyingi kuni Rogozina o‘z xonasida o‘lik holda topiladi… Nahotki, ayollardan biri shuncha yildan keyin eski alamlarini olishga qaror qilgan bo‘lsa?
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 325
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing 📚
Kitob rus tilida
Bonus sifatida zakladka mavjud
To‘liq tavsifni o‘qing 😊

