O‘lchov rolikli elektron ruletka tikuvchilik, maket yasash va uyda o‘lchov olish uchun qulay. Rolik yordamida qog‘oz andazadagi yeng o‘mizining uzunligini, matodagi egri chokni yoki javonning ichki kengligini o‘lchash mumkin. Dumaloq buyumning aylana uzunligini bilish uchun rolikni uning sirti bo‘ylab bir marta to‘liq yurgizing. Diametrni hisoblash uchun alohida rejim bor.
Ruletkada beshta rejim bor: oddiy o‘lchash, burchakdan boshlab, burchakkacha, bir burchakdan ikkinchisigacha o‘lchash va diametrni hisoblash. Burchakli rejimlarda qurilma korpusdagi belgidan tegishli chetgacha bo‘lgan masofani avtomatik ravishda hisobga oladi.
• O‘lchov birliklari — millimetr, santimetr, metr, dyuym va fut.
• Yoritgichli displey, 10 ta natija uchun xotira va avtomatik o‘chish funksiyasi.
• Korpus o‘lchamlari — 56 × 57 × 15 mm, vazni — 35 g.
• Ichki akkumulyator sig‘imi — 260 mA·soat. To‘plamga ruletka va USB-A — USB Type-C quvvatlash kabeli kiradi.

