Ushbu elektron pol tarozisi sog‘lom turmush tarzini va kundalik vazn nazoratini qadrlovchilar uchun ideal tanlovdir. Yuqori sifatli zakalyonniy shishadan tayyorlangan platformasi va zamonaviy dizayni har qanday interyerga ajoyib tarzda mos tushadi.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- Yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati: Qurilma 180 kg gacha bo‘lgan og‘irlikga mo‘ljallangan bo‘lib, barcha oila a’zolari uchun mos keladi.
- Aniqlik: O‘lchash aniqligi yuqori (xatolik bor-yo‘g‘i 100 gramgacha).
- Raqamli displey: Natijalarni aniq va qulay ko‘rish imkonini beradi.
- Mustahkamlik va dizayn: Yupqa, yengil va chiroyli shisha korpus har kuni foydalanish uchun qulay.
Kundalik vaznini kuzatib boruvchilar uchun ishonchli yordamchi!