Mushaklarni mustahkamlash, og'riqlarni yengillashtirish va tanani rohatlantirish uchun mo'ljallangan ko'p funksiyali elektron muskul stimulyatori (EMS). Bu kuchli impulsli apparat tananing turli qismlaridagi (bel, bo'yin, oyoq, qo'l va press) charchoqni yozish hamda muskullarni faol holatda ushlab turish uchun ajoyib yordamchidir.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- Impulsli massaj (EMS): Mikrotoklar orqali muskullarni qisqartiradi va bo'shashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va toliqishni oladi.
- Ko'p rejimli va kuchli: Moslashuvchan ish rejimlar hamda massaj kuchini boshqarish tugmalari mavjud bo'lib, o'zingizga qulay darajani tanlashingiz mumkin.
- Elektrodli yopishtirgichlar (Lipuchkalar): Tananing xohlagan qismiga oson yopishadi va chuqur qatlamlargacha ta'sir ko'rsatadi.
- Og'riq va charchoqni yo'qotish: Uzoq o'tirib ishlaydiganlar, sportchilar va bel-oyoq og'riqlaridan aziyat chekadiganlar uchun samarali vosita.
- Displey va taymer: Ekrani orqali vaqtni va rejimlarni qulay kuzatib borish va boshqarish mumkin.
Kimlar uchun mos keladi?
- Kun bo'yi tik oyoqda yoki o'tirib ishlaydigan va muskullarda toliqish his qiladiganlar uchun;
- Sport bilan shug'ullanuvchi va muskullarni tezroq tiklashni xohlovchilar uchun;
- Uy sharoitida bo'yin, bel va oyoq massajini xohlovchilarga.
Qo'llash usuli:
- Elektrod simini apparatga ulang va lipuchkalarni tananing kerakli sohasiga yopishtiring.
- Apparatni yoqing va displeydan maqbul rejim hamda kuchlilik darajasini tanlang.
- Seans tugagach, lipuchkalarni avaylab oling va maxsus plyonkasiga yopishtirib qo'ying.
Tanangizga rohat va kuch-quvvat bag'ishlovchi ishonchli va qulay yordamchi!