TOLSEN asboblari ishonchlilik, qulaylik va uzoq xizmat muddati hisobga olingan holda ishlab chiqariladi. Shu bois ular nafaqat professional mutaxassislar, balki kundalik foydalanish, jumladan ov va baliq ovlash uchun ham a’lo tanlov hisoblanadi.
TOLSEN elektomontaj uchun mo‘ljallangan egri pichoq - sim va kabellarning izolyatsiyasini tozalash, shuningdek, mayda montaj va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ishlab chiqilgan. Qalinligi 3 mm bo‘lgan mustahkam zanglamaydigan po‘lat pichoq yuqori yeyilishga chidamlilik va korroziyaga barqarorlikni ta’minlaydi. Pichoqning egri shakli izolyatsiyani ehtiyotkorlik bilan kesib olish imkonini berib, sim tolalariga zarar yetkazish xavfini kamaytiradi va ish xavfsizligini oshiradi.
Ishonchli konstruksiyasi va universal shakli tufayli ushbu pichoq nafaqat elektriklar, balki ov va baliq ovlash jarayonlarida ham juda qulaydir — mayda o‘ljani tozalash, anjomlarni tayyorlash, shnur va arqonlarni kesish hamda dala sharoitidagi maishiy vazifalarni bajarish uchun mos keladi. Yig‘ma (buklanadigan) konstruksiya esa pichoqni saqlash va tashishda ixcham hamda xavfsiz qiladi.
Silliq sayqallangan qulay yog‘och dastasi qo‘lda ishonchli va qulay ushlashni ta’minlaydi, metall ilgagi esa pichoqni kamar yoki belbog‘ga qulay tarzda ilib yurish imkonini beradi.
Xususiyatlari:
- Uzunligi: 19,5 sm
- Pichoq qalinligi: 3 mm
- Pichoq materiali: zanglamaydigan po‘lat
- Dastak materiali: yog‘och
- Pichoq shakli: egri
- Konstruksiya: buklanadigan
- Qadoqlanishi: blister

