Janome Fashion Grey— zamonaviy elektromexanik tikuv mashinasi bo‘lib, vertikal chayqovchi (chelnok) tizimi bilan jihozlangan va turli xil uy tikuv ishlarini bajarish uchun juda mos keladi. Model yangi korpus dizaynida ishlab chiqilgan bo‘lib, ixcham va zamonaviy ko‘rinishga ega. Mat plastik qoplamasi mashinaga yanada nafis va amaliy ko‘rinish beradi. Qo‘shimcha afzalligi — atrof-muhitga g‘amxo‘rlik bilan tayyorlangan ekologik qadoq.
Mashina qulay ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha funksiyalar bilan jihozlangan. O‘rnatilgan ip o‘tkazgich (nitkavdevatel) ignaga ipni tez va oson o‘tkazishga yordam beradi, boshqaruv elementlarining qulay joylashuvi esa sozlash jarayonini juda sodda qiladi.
Fashion Grey yengil matolardan tortib qalinroq materiallargacha ishonchli tikadi. Model kundalik kiyimlarni ta'mirlash, ijodiy ishlar va dekorativ tikuv uchun 25 ta tikuv operatsiyasini bajaradi. Elastik zigzag rezina tasmani tikish uchun mos, yashirin va overlok choklari buyum chetlarini chiroyli ishlash imkonini beradi, mustahkam trikotaj choki esa elastik matolar bilan ishlashni osonlashtiradi. Tugma iligi tugma o‘lchamiga mos ravishda avtomatik bajariladi, bu esa tikish jarayonini yanada qulay va aniq qiladi.
Fashion Grey tajribali tikuvchilar uchun ham, endigina tikishni o‘rganayotgan va uy uchun ishonchli, qulay hamda zamonaviy tikuv mashinasini izlayotgan foydalanuvchilar uchun ham ajoyib tanlovdir.

